1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Paratsetamol savdosi taqiqlandi

Dunyoda dori-darmon tanqisligi mavjudligi aytilmoqda.

Paratsetamol savdosi taqiqlandi

 

Fransiya hukumati dori yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli paratsetamolning onlayn savdosini yanvar oyi oxirigacha taqiqladi.

 

“Faqat paratsetamoldan tashkil topgan dori vositalarining onlayn savdosi 2023 yil 31 yanvarga qadar to‘xtatildi”, — deyiladi hukumat bayonotida.

 

Qayd etilishicha, Fransiyada Paratsetamol asosidagi dori-darmonlarni yetkazib berish bilan bog‘liq keskin vaziyat olti oydan ortiq davom etmoqda, bu bolalar uchun mo‘ljallangan dori vositalariga ham tegishli.

 

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti gripp, respirator sinsitial virus va koronavirusning qishki to‘lqini tufayli Paratsetamol kabi oddiy og‘riq qoldiruvchi vositalarga talab ortishi va mahsulot yetishmasligi haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, dunyoda antibiotiklar, xususan, penisillin va amoksitsillin yetishmovchiligi mavjud.

 

Koronavirus pandemiyasi davrida antibiotiklarga bo‘lgan talabning pasayishi va yetkazib berish zanjiridagi jiddiy tanglik kompaniyalarni ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика