1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Parij-2024: Yo‘llanmalar soni eʼlon qilindi

Mazkur Olimpiadada gender tengligi to‘liq taʼminlanadi.

Parij-2024: Yo‘llanmalar soni eʼlon qilindi

 

2024 yili Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida barcha sport turlari bo‘yicha litsenziyalar taqsimoti eʼlon qilindi.

 

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rasmiy saytining xabar berishicha, sportning ayrim turlari bo‘yicha ishtirokchilar soni Tokio olimpiadasiga nisbatan kamaygan. Suv sport turlari, yengil atletika, boks, kanoeda eshkak eshish, velosport, gimnastika, dzyudo, eshkak eshish, parus sporti, o‘q otish, og‘ir atletika shular jumlasidandir.

 

Skeytbord, skalolazaniye (toqqa chiqish) va serfing bo‘yicha litsenziyalar soni ko‘paytirildi. Shuningdek, Olimpiada tarixida birinchi marta parij o‘yinlarida gender tenglik taʼminlandi. 32 ta sport turining har birida teng miqdordagi erkak va ayol sportchilar qatnashishi ko‘zda tutilgan va ishtirokchilar soni ham shunga muvofiq taqsimlangan.

 

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2024 yili Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun yo‘llanmalar soni sport turlari bo‘yicha qo‘yidagi tartibda belgilandi.

 

Suv sport turlarii - 1370 (Tokio-2020 da  1410 nafar)

Kamondan otish - 128 (128)

Yengil atletika - 1 810 (1 900)

Badminton - 172 (172)

Basketbol - 40 (40)

Boks - 248 (286)

Kanoe - 318 (328)

Velosport - 514 (528)

Ot sporti - 200 (200)

Qilichbozlik - 212 (212)

Futbol - 32 (32)

Golf - 120 (120)

Gimnastika - 318 (324)

Qo‘l to‘pi - 24 (24)

Xokkey - 24 (24)

Dzyudo - 372 (386)

Zamonaviy beshkurash - 72 (72)

Eshkak eshish - 502 (526)

Regbi - 12 (12)

Parus sporti - 330 (350)

O‘q otish - 340 (360)

Stol tennisi - 172 (172)

Taekvondo - 128 (128)

Tennis - 172 (172)

Triatlon - 110 (110)

Voleybol - 72 (72)

Og‘ir atletika - 120 (196)

Sport kurashlari - 288 (288)

Brek dans - 32

Skeytbord - 88 (80)

Skalolazaniye (toqqa chiqish) - 68 (40)

Serfing - 48 (40).

 

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yilning 26 iyul - 11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Avvalroq, Daniya va Niderlandiya Pekin Olimpiyadasini baykot qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика