Parijning 16-okrugi deputatlari shahar ko‘chalaridan biriga Aleksey Navalniy nomini berish taklifini bir ovozdan maʼqulladi. Katta ehtimol bilan u Rossiya elchixonasi joylashgan ko‘cha bo‘ladi.
Muxolifatchining nomi 16-tumandagi qaysi ko‘chaga berilishi haqida aniq aytilmagan. Senator Frensis Spinerning taklifiga ko‘ra, u Rossiya diplomatik vakolatxonasi joylashgan Lan prospekti bilan kesishadi. Shuningdek, ko‘chaning burchagida Navalniy xotirasiga art-obyekt o‘rnatish ham rejalashtirilgan.
Fransiyadan tashqari Germaniyada ham Berlin ko‘chalaridan birga Navalniy nomini berish g‘oyasi ilgari surilmoqda.


