Parijda 12 qavatdan baland, yaʼni taxminan 37 metrdan baland uylarni qurishga taqiq qayta kiritildi. Piramida ko‘rinishida qurilayotgan Tour Triangle minorasining qurilishi jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi, deya xabar berdi euronews.com.
Iyun oyida Fransiya poytaxtida «Mahalliy urbanizatsiya rejasi» (PLU) qabul qilindi. Faollarning fikricha, bu reja ekologiyani asrashga xizmat qiladi.
Parij shahar kengashi yangi binolarni 12 qavatdan (37 metr) ko‘p bo‘lmagan darajada cheklashni yoqlab ovoz berganidan keyin PLU kuchga kirdi.
Parijning ishbilarmonlik okrugi, Defansta bir nechta osmono‘par binolar mavjud, 13 va 15-tumanlarda klassik binolarga qaraganda ko‘proq baland binolar mavjud. Lekin shahar markazidagi binolar baland emas.
1973 yilda qurib bitkazilgan 209 metrlik Monparnas minorasini odamlar tanqid qildi. Keyinchalik, 1977 yilda shaharlarda 37 metrdan baland uylar qurish taqiqlangan. Bu cheklov 2010 yilgacha, shaharning sobiq meri Bertran Delanoe Parijda 180 metrlik ofislar va 50 metrlik turar-joy binolarini qurishga ruxsat berganiga qadar amalda bo‘lgan.
Hozirgi taqiq mer Ann Idalgoning karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish dasturining bir qismidir. Ushbu qarorning yana bir sababi - munozarali piramida shaklidagi Tour Triangle minorasi.
Qurilish 2021 yilda boshlanib, 2026 yilda yakunlanishi kerak edi.
Biroq, turli huquqiy va rejalashtirish bo‘yicha munozaralar tufayli qurilish 12 yilga kechiktirildi. Qurulish tugallangach, Tour Triangle shahardagi uchinchi eng baland bino bo‘ladi. Unda mehmonxona va ofislar, do‘konlar va restoranlar bo‘ladi.


