1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Mona Liza” portreti boshqa joyga ko‘chiriladi

Uni tomosha qilish uchun alohida chipta sotib olinadi.

“Mona Liza” portreti boshqa joyga ko‘chiriladi

Parijning Luvr muzeyida saqlanayotgan Leonardo da Vinchining mashhur “Mona Liza” asari boshqa xonaga ko‘chiriladi. Bu haqida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron muzeyda so‘zlagan nutqida maʼlum qildi.

 

Prezidentning taʼkidlashicha, rasm muzeyning asosiy qismlaridan alohida joylashgan maxsus joyga ko‘chiriladi. Yangi xona mustaqil kirish chiptasi va tashrif buyuruvchilar uchun qulayroq sharoitlar bilan taʼminlanadi.

 

Bu qaror “Mona Liza”ning o‘ziga xos maqomiga mos kelishi va uning tomosha qilinishini yana-da qulaylashtirish uchun qabul qilingan.

 

Shuningdek, Makron Luvrning rekonstruksiya va kengaytirilishini eʼlon qildi. U yangi tantanali kirish eshigi barpo etilishini, bu esa muzey tashrif buyuruvchilarining oqimini muvozanatlashtirish hamda parijliklarga qulaylik yaratishini aytdi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика