1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pavel Durov O‘zbekisondagi “shantajchi” telegram kanalni blokladi

Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ilova asoschisiga murojaat yo‘llagan.

Pavel Durov O‘zbekisondagi “shantajchi” telegram kanalni blokladi


O‘zbekistonda shantaj qilish yo‘li bilan o‘smirlardan pul undirib kelgan kanalni Telegram blokladi. Bu haqda “Podrobno.uz” sayti xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, Telegram-kanalning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilari va o‘smirlardan pul undirish bo‘lgan. Kanal adminlari o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardagi profillaridan olingan haqiqiy suratlarini kanalga joylashtirib, ularning tagiga suratdagilar noan’anaviy yo‘nalish vakillari yoki ijtimoiy mas’uliyati past shaxslar ekani haqida izohlar qoldirgan. Keyin ushbu post havolasini (linkini) 150 ming so‘m evaziga o‘chirish taklifi bilan surat egasiga yuborgan.

 

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot kotibi ma’lum qilishicha, fond darhol Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bog‘lanib, kanalni bloklab qo‘yishni so‘ragan.

 

Fond Pavel Durovga kiberbullingning oldini olishda shaxsiy ishtiroki, tezkor yordami va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirgan.

 

Avvalroq Pavel Durovning Braziliya Oliy sudiga Telegramni bloklamasligi haqida murojaat yo’llagani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика