1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Paxta qulligi" yana boshlandimi?

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qarshida o‘quvchilar paxta terimiga jalb qilingani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi.

"Paxta qulligi" yana boshlandimi?

 

Unga ko‘ra, xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi  7, 38, 48 va 54-maktablarda monitoring tarzida tekshirish o‘tkazdi

 

Natijada fotosuratlarda ko‘rsatilgan maktab Qarshi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli emasligi, bunday ko‘rinishdagi maktab tumanda mavjud emasligi, suratlarda aks ettirilgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi yuqorida keltirilgan ta’lim maskanlarida o‘qimasligi aniqlandi.

 

Shu boisdan ushbu postdagi keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Tumandagi maktab mas’ullariga paxta mavsumi davomida majburiy tarzda xodimlarni va maktab o‘quvchilarini paxta terimiga jalb qilmaslik va o‘quvchilarning ota-onalari bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика