1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Paxta terimi davrida mehnat huquqlari buzilishiga oid salkam 200 ta murojaat kelib tushgan"

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari sentyabr oyidagi murojaatlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

"Paxta terimi davrida mehnat huquqlari buzilishiga oid salkam 200 ta murojaat kelib tushgan"

 

Ushbu murojaatlarning 11 tasi munosib mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 13 tasi terim pullari o‘z vaqtida berilmayotganligi, 167 tasi 1 kg teriladigan paxtaning narxi to‘g‘risida bo‘ldi.

 

Hududlarda tashkil etilgan Ishchi guruhlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilib, shulardan, 4 ta murojaat qanoatlantirildi, 177 ta murojaat bo‘yicha terimchilar va fermer xo‘jaliklariga tushuntirish berildi, 10 ta murojaat esa o‘z tasdig‘ini topmadi.

 

Shuningdek, ishchi guruhlar tomonidan hududlarda paxta yig‘im-terimida ishtirok etgan terimchilarga yaratilgan mehnat sharoitlarining holati, fuqarolarga nisbatan majburiy mehnat va bolalar mehnatining oldini olish maqsadida, 592 ta obyektda (64 ta klaster va 428 ta fermer xo‘jaliklarida) monitoring ishlari, targ‘ibot va tushuntirishlar amalga oshirildi.

 

"Agar paxta yig‘im-terimi mavsumida mehnat huquqlaringiz buzilishi sodir bo‘lsa yoki shu kabi holatlarga guvoh bo‘lsangiz, vazirlikning 1176 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” hamda “Munosibmehnat.uz” Telegram-botiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика