1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Payme foydalanuvchilarini ogohlantirmasdan komissiya miqdorini oshirdi

Ilova kartadan kartaga o‘ztkazmalar uchun 1,1 foiz komissiya yecha boshladi.

Payme foydalanuvchilarini ogohlantirmasdan komissiya miqdorini oshirdi

 

Payme ilovasi kartadan kartaga o‘ztkazmalari uchun 1,1 foiz komissiya yecha boshladi. Yaqingacha bu 1 foizni tashkil qilgan. Ammo payme.uz saytida hamon o‘tkazmalar uchun 1 foiz komissiya ekanligini yozilgan.

 

Ya’ni endi siz Payme orqali Uzcarddan Uzcarda o‘tkazma qilganingizda 1,1 foizdan yechadi. Avval bu 1 foiz bo‘lgan.

 

Zamon.uz muxbiri ushbu holatga oydinlik kiritish uchun Payme qo‘llab-quvvatlash markazi (operator) bog‘landi. O‘zini Karina deb tanishtirgan xodim komissiya narxi oshganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, P2P o‘tkazmalari uchun komissiya miqdori 4-dekabrdan oshgan.

 

U komissiya foizning oshirilganiga sabab sifatida ilovani yaxshilash uchun shunday qilinganini aytdi.

 

Xo‘sh, P2P o‘tkazmalari uchun komissiya miqdori oshdi, nega ilova bu haqda o‘z foydalanuvchilariga xabar bermadi?

 

Operatorga ko‘ra,  Payme ofera shartlariga muvofiq bunday ma’lumotni SMS yoki xabar post shaklda foydalanuvchilarga yuborilmaydi. Chunki ilovada pul o‘tkazmalari amalga oshirilayotgan vaqtida komissiya miqdori ko‘rsatiladi.

 

4-dekabrdan komissiya miqdori oshirilganiga qaramay payme.uz saytida komissiya miqdori 1 foiz qilib ko‘rsatilgan. Operator Karina esa bu haqda hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi.

 

Ammo boshqa bir Telegram kanal Payme operatorlari bilan bog‘langanida komissiyaning oshirilganiga 2 oy bo‘lganini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика