1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pekin Vashingtonni provokatsiyada aybladi

Seshanba kuni AQSH kemasi Tayvan yaqinidan suzib o‘tgandi.

Pekin Vashingtonni provokatsiyada aybladi

 

Pekin AQSHning USS Benfold esminetsining Tayvan bo‘g‘ozidan o‘tishini provokatsiya sifatida baholadi. Bu haqda Xitoy milliy-ozodlik armiyasining sharqiy hudud jangovar qo‘mondonligi rasmiy vakili Shi I maʼlum qildi.

 

“19-iyul kuni Amerikaning USS Benfold  esminetsi Tayvan bo‘g‘ozidan o‘tdi. Qo‘shma Shtatlar o‘z kuchini ko‘z-ko‘z qilishga harakat qilib, provokatsion harakatlarni amalga oshiradi”, – degan rasmiy vakil.

 

Shi Ining fikricha, Vashington katta xavfni yaratmoqda. U Xitoy armiyasining sharqiy qo‘mondonligi doimiy jangovar shaylikda ekanini qayd etgan.

 

Avvalroq Xitoy Tayvan masalasida AQSHga talab qo‘ygandi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика