Xitoy shimolidagi Xebey provinsiyasining Sanxe shahrida juma kuni suyultirilgan gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Yana 20 kishi jarohatlandi [https://www.inform.kz/kz/beyzhin-manynda-gaz-zharylysynan-eki-adam-koz-zhumyp-20-sy-zharakat-aldy_a3948093]. Baxtsiz hodisa juma kuni ertalab Xitoy poytaxti Pekin yaqinidagi Sanxe shahri savdo ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, suyultirilgan gaz ballonlari portlagan. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlanmoqda.