1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pensiya tayinlashda so‘raladigan hujjatlar soni kamaydi

Endilikda nikoh, ajrim va farzandlarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari va ularning nusxalari talab etilmaydi.

Pensiya tayinlashda so‘raladigan hujjatlar soni kamaydi

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlash jarayonida oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab etilmaydi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi Matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, shuningdek, davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan talab etiladigan hujjatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida Adliya vazirligi va Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.


Ushbu axborot almashinuvi orqali davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolarning oila tarkibi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlari avtomatik tarzda shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.


Endilikda pensiya tayinlashda nikoh, ajrim va farzandlarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari va ularning nusxalari talab etilmaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика