1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish xizmati my.gov.uz orqali ishga tushdi

Ariza topshirish, ma’lumotlarni rasmiylashtirish va pensiya to‘lov shaklini o‘zgartirish jarayonlari to‘liq elektron tarzda bajariladi.

Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish xizmati my.gov.uz orqali ishga tushdi

 

 

O‘zbekistonda pensiya oluvchilar uchun yana bir qulay raqamli xizmat joriy etildi. Pensiya jamg‘armasi my.gov.uz portali orqali pensiyani naqd shaklga o‘tkazish imkoniyatini ishga tushirdi. Yangi xizmat fuqarolarga barcha jarayonlarni masofadan turib, onlayn tarzda amalga oshirish imkonini beradi.  Bu haqda Pensiya jamg'armasi xabar berdi. 

 

Endilikda pensionerlar tuman yoki shahar Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga borib ovora bo‘lmaydi. Ariza topshirish, ma’lumotlarni rasmiylashtirish va pensiya to‘lov shaklini o‘zgartirish jarayonlari to‘liq elektron tarzda bajariladi. Bu esa vaqtni tejash bilan birga, ortiqcha hujjatbozlikning oldini oladi.

 

Mas’ullar ta’kidlashicha, xizmat pensiya tizimini yanada shaffof va qulay qilishga xizmat qiladi. Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish bo‘yicha ariza topshirish my.gov.uz portalidagi tegishli bo‘lim orqali amalga oshiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика