1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pentagon: “Tolibon” vaʼdasini bajardi

AQSH mudofaa vazirligi aynan qaysi yo‘nalishda harakat so‘zining ustidan chiqqanini ochiqladi.

Pentagon: “Tolibon” vaʼdasini bajardi

 

Toliblar “Al-Qoida”ni tiyib turish bo‘yicha vaʼdasini bajardi. Bu haqda Pentagon razvedka boshqarmasi direktori general-leytenant Skott Berriyer maʼlum qildi.

 

Generalning so‘zlariga ko‘ra, “Al-Qoida” xalqaro terrorchilik guruhining rahbariyatini tiklash bo‘yicha muammolar bo‘lgan. Ammo “Tolibon” uning tiklanishiga imkon bermagan.

 

Berriyer uni ko‘proq ISHID xavotirga solayotganini aytgan. Ammo uning qo‘shimcha qilishicha, ISHIDning Afg‘oniston tashqarisida mustaqil teraktlarni amalga oshira olishi uchun bir yildan ortiqroq, “Al-Qoida”ga esa undan ham ko‘proq vaqt kerak.

 

Avvalroq Tojikiston “Tolibon”ga afg‘on samolyot va vertolyotlarini qaytarmasligini maʼlum qilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика