1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Pepe 41 yoshda futboldagi faoliyatini yakunladi

Bu haqida u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.

Pepe 41 yoshda futboldagi faoliyatini yakunladi

Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Pepe futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

 

Pepening so‘nggi jamoasi "Portu" klubi bo‘lgandi. U bu jamoaga 2019 yilda qaytgan va yozda amaldagi kelishuvi nihoyasiga yetgandi. Markaziy himoyachi "Maritimu", “Real” va "Beshiktosh" klublari sharafini ham himoya qilgan.

 

Pepe "Portu" safida 4 karra Portugaliya chempioni, “Real” bilan 3 karra Ispaniya chempioni, 3 marta YCHL g‘olibi va 2 martadan Ispaniya kubogi va Superkubogi sohibiga aylangan.

 

Shuningdek, Pepening hisobida Portugaliya safida o‘tkazilgan 141 o‘yin ham bor. U milliy jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati g‘olibiga aylangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика