1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Pereval” yopildi: FVV dovonda qolib ketgan fuqarolar haqida maʼlumot berdi

Vazirlik ayni vaqtda “Qamchiq”dagi vaziyat haqida ham qo‘shimcha axborot berdi.

“Pereval” yopildi: FVV dovonda qolib ketgan fuqarolar haqida maʼlumot berdi

 

FVV xabariga ko‘ra, “ANGREN-LAND” oshxonasida FVV rahbarligida daxldor korxona va tashkilotlarning masʼul va mutasaddilaridan iborat fuqarolarni qabul qilish – evakuatsiya shtabi tuzilib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamkorligida yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi va isinish maskanlari tashkil etildi.

“Qamchiq” dovoni yo‘llarida qolib ketgan haydovchilarga FVV qutqaruvchilari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, “ANGREN-LAND”, “ZAMIN-2”, “UCHQUDUQ” oshxonalari fuqarolarni vaqtincha qabul qilish hamda «Angren kon metallurgiya» texnikumi, “FAYZ”, “SHODIYOR”, “ELBA” mehmonxonalari esa joylashtirish uchun faoliyat olib bordi.

 

Qamchiqda qor yog‘ishdan to‘xtagan. Dovon yo‘li transportlar harakati uchun vaqtincha yopilgan. Ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика