1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

"Pereval"da yuk mashinasi yonib ketdi

Bu haqda FVV ma'lum qildi.

"Pereval"da yuk mashinasi yonib ketdi

 

Bugun, 4-fevral kuni soat 1:53 da A-373 avtomobil yo‘lining 227-kilometrida “Toshkent — Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Merсedes-Benz” rusumli yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar tushgan.

 

Zudlik bilan voqea joyiga Boshqarma boshlig‘i H.Bobonov boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 2:28 da to‘liq bartaraf etilgan. Avtomashina yukxonasida bo‘lgan mahsulotlarning asosiy qismi va haydovchining hayoti yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика