Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga binoan, Pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan har yili 20-iyulgacha respublikadagi pilla yetishtirish prognozlari ishlab chiqilib Moliya vazirligiga tadqim qilinadi.
Moliya vazirligi prognoz asosida byudjetdan subsidiya ajratib Qo‘mitaga 1 fevralgacha o‘tkazib beradi.
Shundan so‘ng, Pillachilik klasterlari va tashkilotlari “Agropilla” MCHJlar bilan subsidiya oluvchilar ro‘yxatini shakllantiradi va 25 fevralgacha Agentlikning hududiy boshqarmasiga beradi.
Hududiy boshqarma ro‘yxatni umumlashtirib 1 martgacha Qo‘mitaga yuboradi.
Qo‘mita 10 aprelgacha pullarni subsidiya oluvchilarga berish uchun maxsus hisobvaraqlarga o‘tkazadi.
Maʼlumot uchun, 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargacha pillaning har kilogrammi uchun 5 ming so‘m subsidiya beriladi.
Avvalroq har bir kilogramm pilla uchun davlat tomonidan qo‘shimcha subsidiya berilishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


