1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pnevmatik to‘pponcha bilan bank binosiga kirishga uringan fuqaro qo‘lga olindi

Fuqaroda qurol borligini “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimi payqab qolgan.

Pnevmatik to‘pponcha bilan bank binosiga kirishga uringan fuqaro qo‘lga olindi

 

Joriy yilning 11 iyul kuni soat 11:07 da Urganch shahar “Qo‘riqlash” bo‘limiga Navoiy ko‘chasida joylashgan “Xalq bank” filialidan “tashvish” signali kelib tushgan.

 

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan pnevmatik to‘pponcha bilan bank binosiga kirishga harakat qilgan fuqaro qo‘lga olingan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bank filialida xizmat vazifasini olib borayotgan “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimi ushbu fuqaroni binoga kiraverishda ko‘zdan kechirish jarayonida payqab, to‘xtatib qolgan va tashvish tugmasi orqali xabar bergan.

 

O‘z vaqtida yetib kelgan tezkor guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olingan ushbu fuqaro Urganch shahrida yashovchi X.A ekani maʼlum bo‘lgan.

 

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика