1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokiston–Afg‘oniston chegarasidagi qurolli hujumda 6 harbiy halok bo‘ldi

Shuningdek, yana olti nafar harbiy jarohatlangan.

Pokiston–Afg‘oniston chegarasidagi qurolli hujumda 6 harbiy halok bo‘ldi

 

Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh hududi — Kurram viloyatidagi xavfsizlik posti qurollangan guruh tomonidan hujumga uchradi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida olti nafar Pokiston armiyasi harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, yana olti nafari jarohat olgan.

 

To‘qnashuv qorong‘ilik boshlangan paytda davom etgani bois halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini voqea joyidan olib chiqish vaqtincha imkonsiz bo‘lgan. Yaradorlar esa tezkor ravishda yaqin atrofdagi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumni amalga oshirgan qurolli shaxslarning ikki nafari yo‘q qilingan, yana ikki nafari jarohatlangan. Voqea yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Pokiston rasmiylari hodisa bo‘yicha xavfsizlik choralarini kuchaytirganini ma’lum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика