Pokiston Milliy xavfsizlik kengashi Hindistonga nisbatan “harakat erkinligi”ni Pokiston Qurolli Kuchlariga berdi. Qaror 7 may kuni bosh vazir Shahboz Sharif raisligida o‘tgan favqulodda yig‘ilishda qabul qilindi.
Yig‘ilishda ishtirokchilar Pokistonning o‘zini himoya qilish huquqi BMT Nizomining 51-moddasida mustahkamlangani haqida eslatib o‘tishdi. Bayonotda: “Pokiston har qanday vaqtda, istalgan joyda va istalgan usulda javob qaytarish huquqini saqlab qoladi”, — deyilgan.
Shuningdek, bayonotda Pokiston mintaqaviy tinchlik tarafdori ekani taʼkidlandi. Biroq suverenitet va milliy qadr-qimmat masalasida hech qanday murosa bo‘lmasligi qatʼiy aytib o‘tildi.


