Pokistonning Peshovar shahrida (Afg‘oniston bilan chegaradosh shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva viloyatida) masjidda yuz bergan portlash qurbonlari xavfsizlik kuchlari xodimlari bo‘ldi. Bu haqda Pokiston ichki ishlar vazirligi rahbari Rana Sanaulloh Milliy assambleya oldida maʼlum qildi. Bu ARIA News telekanalida namoyish etildi, deya xabar berdi TASS.
«Terror hujumi natijasida 97 nafar politsiyachi va 3 nafar oddiy fuqaro halok bo‘ldi», — dedi Sanaulloh.
Dushanba kuni Peshovarda sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘lganlar soni 100 nafarga yetdi, 200 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Milliy xavfsizlik agentligi xodimlarining maʼlumotlariga ko‘ra, xudkush-terrorchi peshin namozi vaqtida masjidda portlovchi qurilmani ishga tushirgan. O‘sha paytda masjidda ko‘p odamlar, jumladan politsiyachilar va askarlar bo‘lgan.
Peshovardagi ledi Reding nomidagi kasalxonada favqulodda holat eʼlon qilingan – jarohatlanganlar ko‘p, ularning aksariyati og‘ir ahvolda, tibbiyot xodimlari qon topshirishni so‘ramoqda.


