Hindistonning ANI News axborot agentligi manbalariga ko‘ra, Pokiston Hindiston bilan ehtimoliy to‘qnashuv xavfi ostida o‘q-dori tanqisligi bilan duch kelmoqda. Qayd etilishicha, Pokiston hozirda atigi to‘rt kunlik urush uchun yetarli o‘q-doriga ega.
Manbalarga ko‘ra, buning asosiy sababi Pokistonning Ukraina va Isroilga yirik miqdorda yashirin qurol yetkazib berishi bo‘lgan. Ukraina urushi boshlanganidan beri Pokiston zavodlari o‘n minglab gaubitsa va raketa snaryadlarini, jumladan, “Grad” va M109 tizimlari uchun o‘q-dorilarni Ukrainaga yuborgan.
Natijada, mamlakatning o‘z qurolli kuchlari uchun asosiy qurol zaxiralari keskin kamayib, ta’minot yetishmovchiligi yuzaga kelgan.


