Pokistonda musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida sakkiz nafar voyaga yetmaganlar ham bor. Yana 87 kishi jarohatlangan.
O‘limga olib keladigan hodisalarning aksariyati sharqiy Panjob provinsiyasida sodir bo‘lib, elektr toki urishi va binolarning qulashi bilan bog‘liq.
Pokistonda odatda yozgi musson mavsumi iyundan sentyabrgacha davom etadi. Yomg‘ir mintaqada qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun juda muhim, ammo u xavfli vaziyatlarni ham keltirib chiqaradi. Shunday qilib, Pokistonning ikkinchi yirik shahri Lahorda rekord miqdorda yomg‘ir yog‘di. Yo‘llar daryolarga aylandi, aholining 35 foizi elektr va ichimlik suvsiz qoldi.
Meteorologiya departamenti yaqin kunlarda mamlakat bo‘ylab yana-da kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishini prognoz qilmoqda. Bundan tashqari, sohil zonasi yaqinida yashovchi aholini evakuatsiya qilish boshlangan.


