Kashmirda sayyohlarga uyushtirilgan qurolli hujum ortidan Pokiston bo‘ylab Hindistonning harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi. Mamlakatning yirik shaharlari, jumladan, Lahor, Islomobod va Karachi ko‘chalarida minglab odamlar to‘planib, Hindistonga qarshi shiorlar bilan chiqish qilmoqda.
Namoyishchilar Hindiston tomonidan kelayotgan xavf va bosimlarga qarshi hukumatdan keskin chora ko‘rishni talab qilmoqda. Ular, shuningdek, Kashmir masalasida qat’iy pozitsiya egallash, xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan aralashishga chaqirish kabi talablarni ilgari surishmoqda.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, norozilik aksiyalari tinch o‘tmoqda, ammo xavfsizlik kuchlari yuqori tayyorgarlik holatida. Hozircha hukumat tomonidan rasmiy bayonot berilmagan.


