1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokistonda Islom ulamolari qurultoyida terakt sodir etildi

Hodisa oqibatda 44 kishi halok bo‘ldi.

Pokistonda Islom ulamolari qurultoyida terakt sodir etildi

 

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 44 kishiga yetdi

 

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, portlash mamlakat koalitsion hukumati hamkorlaridan biri — Islom ulamolari jamiyati qurultoyi bo‘lib o‘tgan binoda sodir bo‘lgan.

 

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Portlash oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi jarohatlandi.

 

Islom ulamolari jamiyati qurultoyida 500 dan ortiq delegatlar ishtirok etgan.

 

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif voqeani tergov qilishni va aybdorlarni topishni buyurdi.

 

Mojarolar va xavfsizlikni o‘rganish instituti statistik maʼlumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Pokistonda teraktlar soni 79 foizga oshgan. Institut maʼlumotlariga ko‘ra, olti oy ichida mamlakatda 271 ta terakt sodir bo‘lgan va buning oqibatda 389 kishi halok bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика