1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik tufayli 18 kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi

Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli uylar qulab, 18 kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardan iborat. Bu haqda” Geo” telekanali xabar berdi.

Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik tufayli 18 kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi

 

 

Taʼkidlanishicha, hodisa tufayli uchta turar-joy binosi butunlay vayron bo‘lgan, yana ikkitasi shikastlangan.

 

Pokiston shimoli-g‘arbiy qismida yomg‘ir shanba kuni kechqurundan beri davom etmoqda. Xayber-Paxtunx va viloyatida ofat ko‘plab ko‘chki va suv toshqinlariga olib keldi. Uzoq tumanlardagi aholi punktlari bilan transport aloqasi uzilgan.

 

Hukumat tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun zarar ko‘rgan hududlarga qutqaruv guruhlari va muhandislik uskunalarini yubordi.

 

Eslatib o‘tamiz, Meksikaning markaziy qismida ham kuchli toshqin natijsida ikki kishi halok bo‘lgan edi. Hidalgo shtatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli daryo qirg‘og‘idan suv toshib chiqib, bir qancha aholi punktini suv bosdi. Suv toshqini oqibatida 2 mingdan ziyod uy zarar ko‘rdi.

 

Avvalroq, AQSHning Tennessi shtatidagi suv toshqinlarida 20 dan ziyod kishi halok bo‘lgani va 40 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика