1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokistonda vazir YTHda halok bo‘ldi

Bu baxtsiz hodisami yoki suiqasd?

Pokistonda vazir YTHda halok bo‘ldi

 

Pokistonning Din ishlari va dinlararo kelishuv bo‘yicha federal vaziri, muftiy Abdul Shakur Islomobodda avtohalokatga uchrab vafot etdi.

 

Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, amaldor shaxsiy mashinasini Marriott mehmonxonasidan Konstitutsiya avenyusiga haydab ketayotganida boshqa bir mashina unga kelib urilgan. Vazir eng yaqin shifoxonaga olib borilgan, ammo shifokorlar unga yordam bera olishmagan.

 

Pikap haydovchisi va yo‘lovchilari politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Muftiy Abdul Shakur Pokiston Milliy Assambleyasi (Parlament Quyi palatasi) aʼzosi bo‘lgan va Bosh vazir Shahboz Sharif hukumatida Din ishlari va dinlararo kelishuv bo‘yicha federal vazir lavozimida ishlagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика