1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokistondagi masjidda portlash sodir bo‘ldi: 30 dan ortiq qurbon bor

Mutaxassislar hodisa xudkushlik hujumi yoki oldindan o‘rnatilgan portlovchi qurilma bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini o‘rganmoqda.

Pokistondagi masjidda portlash sodir bo‘ldi: 30 dan ortiq qurbon bor

 

Pokiston poytaxti Islomobod shahridagi masjidlardan birida portlash sodir bo‘di. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa juma namozi vaqtida yuz bergan. Bu haqda Anadolu Ajansi nashri xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, portlash oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘lgan, 160 nafardan ortiq fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Jarohatlanganlarning aksariyati yaqin atrofdagi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.

 

Hodisa Shehzad shaharchasi hududida joylashgan Imom Bargah masjidida yuz bergan. Xavfsizlik xizmatlari portlash sabablari bo‘yicha dastlabki tekshiruvlarni boshlagan. Mutaxassislar hodisa xudkushlik hujumi yoki oldindan o‘rnatilgan portlovchi qurilma bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini o‘rganmoqda.

 

Rasmiylar Islomobod o‘quv kasalxonasi, Pokiston Tibbiyot fanlari instituti (PIMS) hamda CDA kasalxonasida favqulodda holat e’lon qilgan. Qutqaruv xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

 

Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardari hodisa yuzasidan hamdardlik bildirib, tinch aholiga qarshi bunday hujumni “insoniyatga qarshi jinoyat” deb baholagan. Shuningdek, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur resurslarni safarbar etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика