1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pokistondagi masjiddagi portlash oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Juma namozi vaqtida yuz bergan hujum terrorchilar tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilinmoqda.

Pokistondagi masjiddagi portlash oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi

 

Pokiston poytaxti Islomobod chekkasida joylashgan masjidda juma namozi vaqtida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi, yana 169 nafardan ortiq odam jarohat oldi. Rasmiylar voqea terrorchi tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

 

Portlash Khadija al-Kubra nomli shia masjidida sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, kuchli portlashdan so‘ng masjid ichida vahima yuzaga kelgan, ko‘plab odamlar jarohatlangan va yordam so‘rab qichqirgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib kelib, jabrlanganlarni yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazgan. Ayrim jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir ekani sababli qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.

 

Hozircha hujum uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmadi, biroq rasmiylar bu kabi hujumlar ortida ko‘pincha ekstremistik guruhlar, jumladan, “Tolibon” yoki “Islomiy davlat”ga aloqador kuchlar bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda. Pokistonda so‘nggi oylarda terrorchilik bilan bog‘liq hujumlar soni ortgani qayd etilmoqda.

 

Pokiston prezidenti Osif Ali Zardari va bosh vaziri Shahboz Sharif hujumni keskin qoralab, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Hukumat jarohatlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish va voqea yuzasidan to‘liq tergov o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика