Dawn gazetasi‘ning yozishicha, Pokistonning Peshovar shahrida (Afg‘oniston bilan chegaradosh shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva viloyati) masjidda yuz bergan portlashda kamida 59 kishi halok bo‘ldi, yana 157 kishi jarohatlandi.
Hukm-tartibot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, xudkush-terrorchi ko‘p odamlar, jumladan, politsiya xodimlari va harbiylar bo‘lgan masjidda peshin namozi vaqtida portlovchi moslamani ishga tushirgan. Oqibatda, masjid devorining yarmi qulab tushgan, tirik qolganlar bino vayronalari ostidan olib chiqilgan.
Voqea joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, qurbonlar soni ortishi mumkin. Qayd etilishicha, asosan Peshovar shtab-kvartirasidan politsiyachilar tashrif buyuradigan masjidda portlash sodir bo‘lgan paytda 500 nafargacha odam bo‘lishi mumkin edi.
Geo telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni Pokistonda taqiqlangan "Tehrik-e-Tolibon Pokiston" o‘z zimmasiga oldi.


