Pokistonlik jasoratli alpinist Naila Kian dunyodagi eng baland tog‘lar ro‘yxatidan yana birini — Kanchenjunga cho‘qqisini zabt etib, tarixda o‘z nomini qoldirdi. U bugunga kelib 8000 metrdan baland bo‘lgan 14 ta tog‘dan 12 tasiga chiqqan ilk pokistonlik ayol sifatida qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston va Nepal chegarasida joylashgan Kanchenjunga (8,586 m) — dunyoning uchinchi eng baland cho‘qqisi hisoblanadi. Bu yutuq bilan Naila faqatgina sport emas, balki butun bir avlod ayollari uchun ramzga aylandi.
Zirvadan tushgach, u jurnalistlarga quyidagi so‘zlarni aytdi: “Bu yutuq faqat meniki emas. Bu — Pokistondagi, hatto butun dunyodagi har bir qiz va ayol uchun xabar: siz o‘ylaganingizdan ham kuchliroqsiz”.


