1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pokistonning Karachi portida o'zbekistonlik tadbirkorlar uchun ombor tashkil etiladi

Omborlar Janubiy Osiyo bozorlariga chiqishda O‘zbekiston eksportyorlari uchun logistika markazi vazifasini bajaradi.

Pokistonning Karachi portida o'zbekistonlik tadbirkorlar uchun ombor tashkil etiladi

 

O‘zbekiston delegatsiyasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligida Pokiston dengiz ishlari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Umar Zafar Shayx va Karachi porti raisi Shahid Ahmad bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

 

Uchrashuvda Pokiston portlari orqali O‘zbekiston yuklarini tashish va investorlarga qulayliklar yaratish, shuningdek, imtiyozlar taqdim etish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar natijasida Karachi porti hududida O‘zbekiston tovarlari uchun maxsus omborlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Mazkur omborlar O‘zbekiston eksportyorlari uchun Janubiy Osiyo bozorlariga chiqishda muhim logistika markazi vazifasini bajaradi hamda mamlakat savdo salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика