1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Polsha: 44 yoshli mer mehmonxona derazasidan yiqilib vafot etdi

Voqea Italiyada sodir bo‘lgan.

Polsha: 44 yoshli mer mehmonxona derazasidan yiqilib vafot etdi

 

Polsha shahrining 44 yoshli meri Sardiniya maʼmuriy markazi Kalyari shahridagi mehmonxonada 4 qavatdagi derazadan qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Italiyaning ANSA axborot agentli xabar berdi.

 

Xabar eʼlon qilingan paytda jabrlanuvchi haqida maʼlumot berilmagan. Malumki, u Italiyaga bir necha uchrashuvlar uchun kelgan.

 

Fojia shahar markazidagi Due Colonne mehmonxonasida tungi soat 2 larda sodir bo‘lgan.

 

Politsiya tergov boshladi. Biroq zo‘ravonlik bo‘yicha o‘lim versiyasini allaqachon inkor etgan.

 

Taxminlarga ko‘ra, erkak ochiq deraza yonidagi tokchada o‘tirgan va muvozanatni yo‘qotgan.

 

Keyinroq unionesarda.it axborot portali bu odamning ismi Radoslav Gjegoj ekanini maʼlum qildi. U Polshaning Yavoje shahri meri bo‘lgan. U Sardiniyaga Polsha merlari delegatsiyasi tarkibida kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика