
Bosh vazir Mateush Moravetskiyning so‘zlariga ko‘ra, chegarada devor qurish – Polshani Putin va Lukashenkodan asraydi. “Bu Polshani uzoq istiqbolda Putin va Lukashenko tomonidan amalga oshiriladigan migratsion shantajdan himoya qilishda muhim”, – degan Moravetskiy.
Bundan avval Polsha parlamenti Belarus bilan chegarada devor qurilishi to‘g‘risida qonun qabul qilgan. Varshava buni migratsion inqiroz bilan bog‘lagan. O‘z navbatida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arb sanksiyalari tufayli Minsk odamlar oqimini to‘xtata olmasligini maʼlum qilgan.
2021 yil may oyida Lukashenkoga qarshi sanksiyalar kuchaytirilgandan so‘ng Belarus rahbari migrantlarning YIga o‘tib ketishiga to‘sqinlik qilmasligini maʼlum qilgan edi.
Avvalroq Polsha migratsion inqirozda Belarusni ayblagani hamda Latviya chegarada tikanli sim o‘rnatishi xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


