Polsha ta’lim vazirligi yangi o‘quv yilida ukrainalik maktab o‘quvchilarini qabul qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Ma’lum qilinishicha, sentyabr oyidan boshlab Polsha maktablari Ukrainadan 200-300 ming bolani qabul qilishga tayyor.
“Biz bunga tizimli ravishda tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Bizda mahalliy hukumat va mas’ul organlar bilan birgalikda yaratilgan juda moslashuvchan tizim mavjud. Keyinchalik biz ukrainalik bolalar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa maktablarni ham taklif qilamiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Polsha Ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 700-800 mingga yaqin ukrainalik maktab yoshidagi bolalar bor, biroq ularning 500-600 mingga yaqini o‘zlarining Ukraina maktablarida masofadan turib o‘qishadi.


