1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Polsha Rossiya gazini Germaniya orqali olmoqda

Avvalroq Federatsiya Polshaga gaz yetkazishni to‘xtatgandi.

Polsha Rossiya gazini Germaniya orqali olmoqda

 

 

Avvalroq Polsha rus gaziga yangi sxema bo‘yicha to‘lov qilishdan bosh tortgan edi. Bunga javob sifatida Rossiya mazkur mamlakatga gaz yetkazishni to‘xtatgan. Endilikda gaz Yamal-Yevropa quvuri orqali Germaniyadan teskari yo‘nalishda Polshaga yuborilmoqda.


“Bu hafta Polsha yangi tartib bo‘yicha Rossiyadan yetkazib beriladigan gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirishdan bosh tortdi. Rossiya gazi endi kerak emasligi va sotib olinmasligi tantanali ravishda e’lon qilindi. Lekin aslida bunday emas. Polsha gazni Germaniya oraqali olmoqda”, — deyiladi “Gazprom” bayonotida.


Eslatib o‘tamiz, 27-aprel kuni “Gazprom” Bolgariyaning “Bulgargaz” va Polshaning “PGNiG” kompaniyalariga energiya uchun to‘lovni rublda amalga oshirmagani uchun gaz yetkazib berishni butunlay to‘xtatganini ma’lum qilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика