1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Polsha va Boltiq davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 9-paketini qabul qilishga chaqirmoqda

Bu taklifga Yevroittifoqqa aʼzo boshqa davlatlarning pozitsiyasi maʼlum qilindi.

Polsha va Boltiq davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 9-paketini qabul qilishga chaqirmoqda

 

YeIning ayrim davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 9-paketini qabul qilishga chaqirmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

 

Xususan, Polsha, Latviya, Litva va Estoniya rus nefti narxiga chegara qo‘yish bilan birga yangi sanksiyalarni qabul qilishni taklif qilgan. Shu bilan birga boshqa davlatlar bu ikki chorani bir vaqtning o‘zida qabul qilinishi vaziyatni og‘irlashtirishidan xavfsiramoqda. Natijada hatto norasmiy darajada ham bu bo‘yicha muloqot boshlanmagan.

 

Politico suhbatdoshlari yangi sanksiyalar ro'yxatiga ko‘plab amaldorlar va “propagandachilar” kiritilishi mumkinligini aytgan.

 

Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketi Yevroittifoq tomonidan 6 oktyabrda qabul qilinadi. Unda rus nefti narxini chegaralash, ayrim turdagi tovarlar importini to‘xtatish va eksport cheklovlari belgilangandi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика