1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Polshadagi metan konida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.

Polshadagi metan konida kuchli portlash sodir bo‘ldi

 

Bugun, 20 aprel kuni tungi vaqtda Polsha Sileziyasidagi “Pniyeviyek” konida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “RMF24” radiostansiyasi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, voqea yuz bergan vaqtda konda 42 nafar ishchi bo‘lgan. Ulardan besh nafari halok bo‘lgan, 20 dan ortig‘i jarohat olgan.  Yana yetti nafarining taqdiri hozircha noma’lum.

 

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, konda ketma-ket portlash ro‘y bergan. Ikkinchisi kuchliroq va birinchi qutqaruv guruhi odamlarni qidirish uchun ketganidan keyin sodir bo‘lgan.

 

Yo‘qolgan deb taxmin qilingan uch nafar konchi o‘lik holda topilgan, yana bir kishi esa kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.


 
Ayni paytda qidiruv ishlari yangi portlash xavfi sabab to‘xtatilgan. Voqea joyiga Bosh vazir Mateush Moravetski yetib kelgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика