1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Portugaliya Millatlar ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etdi

Bu Portugaliya uchun Millatlar ligasidagi ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.

Portugaliya Millatlar ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etdi

Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi finalida Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi — hisob 3:2.

 

Asosiy vaqt davomida ispanlardan Martin Subimendi va Mikel Oyarzabal, portugallardan esa Nunu Mendesh va Krishtianu Ronaldu gol urdi. Penaltilar seriyasida esa portugallar aniqroq bo‘lib, 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.

 

Portugaliya sardori Ronaldu jarohat tufayli o‘yinni oxirigacha davom ettira olmadi va 88-daqiqada zaxiraga olindi.

 

Bu Portugaliya uchun Millatlar ligasidagi ikkinchi g‘alaba bo‘ldi. Birinchi marta ular 2019-yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Ispanlar esa ikkinchi bor finalda mag‘lubiyatga uchradi. Oldinroq ular 2021-yilda Fransiyaga yutqazishgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика