1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Poytaxtda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga yengil mashinalar qo‘yib ketilmoqda

Holat yuzasidan Toshkent Transport bosh boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.

Poytaxtda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga yengil mashinalar qo‘yib ketilmoqda

 

Telegram kanallarning biriga jamoat transportlari yurishi uchun belgilangan yo‘laklarga yengil avtomobil haydovchilari mashinasini qo‘yib ketayotgani aks etgan fotosuratlar joylandi. Toshkent Transport bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 18 yanvar kuni Spark haydovchisi yo‘nalishli transportlar harakati uchun alohida ajratilgan tasmada qoidani buzgan holda avtoulovini qoldirib ketgan. Ushbu haydovchi qoidani buzgani uchun Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-moddasiga ko‘ra, yaʼni “Haydovchilarning yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yurish qoidalarini buzishi” bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyidan Toshkentda 475 km.ga yaqin 34 ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика