1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Poytaxtda ko‘chmas mulkdan daromad olish ko‘rsatkichlari pasaymoqda

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi o‘rganildi.

Poytaxtda ko‘chmas mulkdan daromad olish ko‘rsatkichlari pasaymoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi o‘rganildi.

 

Ayni vaqtda Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushib bormoqda. Xususan, joriy yilning yanvar oyida poytaxtda ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi 2024-yilning fevral oyidagi o‘rtacha 32,4%dan 7,6%gacha sekinlashdi.

 

Mazkur davrda ko‘p qavatli uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi joylashgan hududi va xonalari soniga ko‘ra bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi.

 

2024-yil fevral oyida uy-joy va ijara narxlarining nisbatan ko‘tarilishi (tushishi) hisobiga olinishi mumkin bo‘lgan foyda Yakkasaroy, Bektemir va Chilonzor tumanlarida mos ravishda o‘rtacha 16,1%ni, 26,9%ni va 15,4%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkichlar 3,0%, 2,8% va 0,3%gacha pasaydi. Shuningdek, Toshkent shahrida uy-joylar narxining o‘sishdan deyarli to‘xtashi va biroz arzonlashishi natijasida joriy yilning yanvar oyida uy-joylar narxi o‘zgarishidan olinadigan o‘rtacha daromad Shayxontohur (35,8 %dan -0,8 %ga) va Yunusobod (30,4 %dan -3,4 %ga) tumanlarida sezilarli darajada pasaygani kuzatildi.

 

Joriy yilning yanvar oyida uy-joylar ijarasidan olinadigan yillik o‘rtacha daromad Mirobod tumanida 10,0%ni (2024-yil fevral oyida – 10,4%), Mirzo Ulug‘bek tumanida 9,9%ni (10,6%), Shayxontohur tumanida 9,8%ni (11,6 %) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich ijara narxlari nisbatan arzonroq bo‘lgan tumanlar – Olmazorda 8,9%ni (9,4%), Uchtepada 8,9%ni (8,6%) va Sergelida 8,9%ni (8,4 %) tashkil qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика