Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimli yerosti D-108 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli, 2022-yil 3-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Maʼrifat ko‘chasidagi 2 320 ta xonadonda hamda 18 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shuningdek, Yunusobod tumani, Oqtepa mahallasi hududida joylashgan o‘rta bosim D-89 mm yer usti gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yil 3-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha O‘qituvchilar, Oqtepa ko‘chalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.


