1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Administratsiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi

Narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.

Prezident Administratsiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi

Prezident Administratsiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Administratsiya rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

 

Uning aytishicha, yig‘ilishda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda ishlaydigan samarali tizimni tez fursatda shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

 

“Jamiyatda, ayniqsa yoshlar orasida giyohvand moddalar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik — davlatning eng muhim vazifalaridan biri. Yoshlarni bu illatdan himoya qilish, fuqaro xavfsizligini ta’minlash hamda barcha noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy chek qo‘yish shart”, — deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика