Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga borishi kutilmoqda.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nurlan Niyozaliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi.
«Shu sababli Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov saylanganidan keyin dastlabki tashriflaridan birini Toshkentga amalga oshirdi. Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Diplomatik kanallar orqali aniq muddat belgilanmoqda. Tashkiliy va mazmuniy qismlarni ishlab chiqish kerak. Bir qator ikki tomonlama shartnomalar, memorandumlar, harakatlar rejasi, investitsiya loyihalari tayyorlanmoqda, biz ularni O‘zbekiston tomoniga taklif qilmoqchimiz», — deya taʼkidlaydi vazir o'rinbosari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tashrif vaqti ikki prezidentning ish grafigiga bog‘liq.


