1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Germaniyaga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida turli muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident Germaniyaga jo‘nab ketdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar, shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Germaniya poytaxtidagi Yangi muzey va Jeyms Simon galereyasida ochiladigan “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko‘rgazma bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика