Prezident maktabi oʻquvchisi Qozogʻistonda oʻtkazilgan robototexnika yoʻnalishidagi xalqaro tanlov gʻolibi boʻldi. Bu haqida Prezident taʼlim muassasalari agentligi ma'lum qildi.
Ostona shahrida 4-25 noyabr kunlari "STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
Unda jami 250 ta guruh qatnashdi. Ular orasida Toshkent Prezident maktabi oʻquvchisi 1-oʻrinni egalladi.
Andijon va Fargʻona prezident maktablari ishtirokchilari uchirgan samolyotlar rekord natija koʻrsatdi.
Oʻzbekistondan ishtirok etgan maktablar:
- Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
- Andijon shahridagi Prezident maktabi;
- Fargʻona shahridagi Prezident maktabi;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
- Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.


