Prezident maktabiga o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident taʼlim muassalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.
Bunga huquqiy asos sifatida Vazirlar Mahkamasining 15 aprelda tasdiqlangan 8-son bayoni keltirilgan. Unga ko‘ra, Prezident maktabiga 5-sinf kirish imtihonlari ikkinchi bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar har bir viloyatda tashkil etilgan aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qish istagini bildirgan taqdirda ariza topshiradi va kvota doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz qabul qilinadi. Qabul qilinadigan o‘quvchilar soni 24 nafar etib belgilangan.
Agarda belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qish istagini bildirsa, ustunlik yuqori ball to‘plagan talabgorga beriladi.
Avvalroq Maktab bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlarining sanasi aniq bo‘lgandi.


