1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident maktablarining barcha bitiruvchilari IELTS oldi

Bu yil ushbu taʼlim dargohini 326 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lib, ularning 275 nafari nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga kirib, muddatidan oldin talaba bo‘ldi.

Prezident maktablarining barcha bitiruvchilari IELTS oldi

 

Prezident maktablari — bu har bir ota-ona farzandini o‘qitishni orzu qilgan taʼlim dargohi. Bu orzuni amalga oshirish uchun istakning o‘zi kifoya emas. Ota-onada ham, bolada ham teng harakat, mehnat, intilish bo‘lsagina ko‘zlangan natijaga erishiladi.

 

Prezident maktablari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiritilgan. Ulardan tashqari agentlik 9 ta ijodiy va 166 ta ixtisoslashtirilgan maktablarni nazorat qiladi.

 

O‘zbekistonda 14 ta prezident maktabi – Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkentda mavjud. U yerda o‘quvchilar beshinchi sinfdan boshlab qabul qilinadi va bepul o‘qitiladi.

 

Yillik kvotaga ko‘ra, maktablarning har biriga 24 kishi kirishi mumkin. Prezident maktablarida o‘qish istagida bo‘lganlar yildan-yilga ko‘payib bormoqda.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, maktabda bir o‘ringa o‘rtacha 75 dan 185 kishigacha to‘g‘ri keladi. Masalan, Toshkentda – 113, Nukusda – 106, Jizzaxda – 124, Buxoroda – 80, Samarqandda – 186. Joriy yilda 55 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

 

2022 yilda 14 ta Prezident maktablari Xalqaro Kembridj tashkilotining akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, rasmiy “A Level” imtihon markazlariga aylangan bo‘lsa, 2023 yilda 6 ta (Toshkent, Jizzax, Buxoro, Andijon, Xiva va Navoiy) hududdagi Prezident maktablari SAT (akademik baholash testi) xalqaro sertifikati imtihonlarini o‘tkazadigan rasmiy markazlari sifatida tan olindi; 2022 yilda (Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi) Prezident maktablarini jami 92 nafar o‘quvchi bitirib, ularning 88 nafari xorijiy oliy taʼlim muassasalarida o‘qish uchun taklif olgan. Ular xorijiy oliygohlarning jami 28 mln. dollar miqdorida taʼlim grantini yutishgan;

 

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari tomonidan 4 yil davomida xalqaro olimpiadalarda 88 ta oltin, 25 ta kumush , 49 ta bronza medal qo‘lga kiritildi. 2023 yilda Prezident maktablarini 326 nafar o‘quvchi bitirib, barchasi (100%) xalqaro til bilish (IELTS) sertifikatini qo‘lga kiritishdi. Ularning 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi; bitiruvchilarning 84 foizi (275 nafari) muddatidan oldin nufuzli xorijiy oliygohlarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bitiruvchilar xorijiy oliygohlarning jami 104,4 mln. dollar miqdorida taʼlim grantini yutib olishga muyassar bo‘lishdi. Shundan 5,5 foizi (18 nafari) to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

Prezident maktablaridagi 511 nafar o‘qituvchilarning 132 nafarini xorijlik pedagoglar tashkil etadi. 2023 yilda Prezident maktablariga xorijiy mutaxassislar tanlovini (yollashni) tashkil etish va o‘tkazish tartibi takomillashtirildi. Unga asosan, Prezident maktablaridagi o‘qituvchilar tarkibi 64 nafar xorijlik malakali mutaxassislar bilan to‘ldirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика