1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Murojaatnomada eng ko‘p ishlatgan so‘zlar tahlil qilindi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining lingvistik kontent-tahlilini o‘tkazdi.

Prezident Murojaatnomada eng ko‘p ishlatgan so‘zlar tahlil qilindi

 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining lingvistik kontent-tahlilini o‘tkazdi.

 

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 Murojaatnomasida eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar quyidagilar:

 

1. “Taʼlim” so‘zi — 25 marta;

2. “Maktab” so‘zi — 23 marta;

3. “Shaxs” va “xalq” so‘zlari — 22 martadan;

4.“Konstitutsiya” va “investitsiya” so‘zlari — 20 martadan;

5. “Tadbirkor” so‘zi — 19 marta;

6. “Mahalla” so‘zi — 18 marta ishlatilgan.

 

Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib, tahlilchilar davlat rahbari nimalarga ko‘proq eʼtibor qaratayotganini aniqlashdi.Prezidentning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2 soat 25 daqiqa davom etdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojaatnomasida 6 502 ta so‘z ishlatgan. Eng uzun so‘zlar 15 harfdan iborat bo‘lib, o‘rtacha bitta so‘z 7 ta harfdan iborat bo‘lgan.

 

Maʼlumot uchun, davlat rahbarining har yili oxirida parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi - muhim ahamiyatga ega. Unda o‘tgan yil ko‘rsatkichlarini sarhisob qilish, rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish hamda kelgusi yil uchun maqsad va vazifalarni ko‘rsatib berishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek Murojaatnomada kelgusi yilning asosiy rivojlanish vektori ham belgilab beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика